19:53 / 07.12.2015
4248

AQSh xalqaro koalitsiyaning Suriya harbiylariga qilgan hujumini inkor etdi

IShIDga qarshi kurash bo‘yicha AQSh prezidenti Barak Obamaning maxsus vakili Brett Makgerk koalitsiyaning Suriya qarorgohiga zarba yo‘llaganini inkor etdi. Bu haqda u o‘z tvitterida ma'lum qilib o‘tgan.

“Koalitsiya bilan bog‘liq ushbu ma'lumotlar noto‘g‘ri”, — deyiladi ma'lumotda.
Suriya TIV AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriya harbiylariga havo hujumlari yo‘llashi yuzasidan BMT Xavfsizlik kengashiga norozilik notasi kiritdi.

Top