09:22 / 07.12.2015
1912

AQSh Parij teraktidan so‘ng YeI bilan razvedka ma'lumotlari almashinuvini sezilarli oshirdi

AQSh prezidenti Barak Obama millatga murojaati vaqtida Amerika Qo‘shma Shtatlari Parij teraktidan so‘ng Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan razvedka ma'lumotlari almashinuvini sezilarli darajada oshirganini ma'lum qildi.

“Parij hujumlaridan so‘ng biz yevropalik hamkorlarimiz bilan razvedka ma'lumotlarini sezilarli ravishda oshirdik”, — dedi u.
Davlat rahbari, shuningdek, AQSh harbiylari terrorchilarni qayerdan lozim bo‘lsa, o‘sha yerdan qidirib topishlarini ta'kidlab o‘tdi. “Eng avvalo, bizning harbiylar qaysi mamlakatda bo‘lmasin terrorchilarni yo‘q etishda davom etadi”, — deb o‘tdi u.

Top