12:46 / 07.12.2015
2443

"Arsenal"ning 91 yoshli muxlisi jamoasi o‘yinini ko‘rishga ketayotgan vaqtda vafot etdi

5 dekabr kuni Londonning “Arsenal” klubiga muxlislik qiluvchi Erni Krauch 91 yoshida vafot etdi. U sevimli jamoasining “Sanderlend”ga qarshi kechadigan o‘yinini kuzatishga ketayotgan vaqtda olamdan o‘tgan.

Ma'lumot uchun, Erni 1934 yildan buyon "kanonirlar"ning mehmondagi va uy o‘yinlariga tashrif buyurgan.
Bundan tashqari, u klubning yoshlar va ayollar jamoasi o‘yinlarini ham o‘tkazib yubormagan.

Top