13:59 / 07.12.2015
2195

Belgiya 160 terrorchini xalqaro qidiruvga berdi

Terrorchilik faoliyatida gumon qilinayotgan va sudlangan 160 nafar Belgiya fuqarosi xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda mamlakat federal prokuraturasiga tayangan holda Sudpresse mediaguruhi kanallari xabar qildi.

Ilgariroq Belgiya prokuraturasi joriy yilda terrorchilikda gumon qilinayotganlarga qarshi jami 270 ish qo‘zg‘atgani ma'lum qilingan edi. Belgiyaning jami 945 nafar fuqarosi o‘zini Suriyadagi urush bilan bog‘laganlar ro‘yxatiga kiradi, ma'lum qildi adliya vaziri Kun Gensning idorasi.
Ushbu ro‘yxatga ham Suriyaga chiqib ketgan, ham ketishga tayyorlanayotgan, ham ushlab qolinganlar kiradi.

Top