12:15 / 07.12.2015
3297

BMT KXDR bilan Pan Gi Munning tashrifi bo‘yicha muzokara olib bormoqda

BMT KXDR bilan bosh kotib Pan Gi Munning tashrifi bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Bu haqda xalqaro tashkilot vakili Kim Von Su Seulda o‘tkazilgan matbuot anjumanida xabar qildi.

“Muzokaralar davom etmoqda, yakuniy qaror hozircha yo‘q, - dedi u. – Natijaga erishilgach, BMT bu haqda rasman e'lon qiladi”.
May oyida 2017 yili Janubiy Koreyada o‘tadigan prezidentlik saylovlarida asosiy nomzodlardan biri bo‘lishi kutilayotgan Pan Gi Mun Kesonda o‘tgan Koreyalararo sanoat majmuasiga tashrif buyurishni rejalashtirgan edi.

Ammo tashrif amalga oshmadi: Pxenyan sababini tushuntirmasdan, BMT bosh kotibini o‘z hududiga kiritish qarorini bekor qildi.
Bu voqeadan biroz ilgari Pan Gi Mun “KXDR yeriga 20 yildan buyon qadam bosgan birinchi bosh kotib” bo‘lishini aytgan edi. Oxirgi marta Shimoliy Koreyaga 1993 yili Butros Butros Gali kirgan edi.

Top