18:04 / 07.12.2015
5246

CNN siyosiy sharhlovchisi Trampni Gitlerga tenglashtirdi

CNN telekanali siyosiy sharhlovchisi Salli Kon AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampni Gitlerga tenglashtirdi. Bu haqda The Independent nashri yozmoqda.
Uning so‘zlariga qaraganda, Trampning “Amerikani buyuk qilish” rejasini eng to‘g‘ri ta'riflovchi so‘z “fashizm”dir.

“Demagogiyadan nariga o‘tmaydigan nomzod bo‘lsayu, uning tarafdorlari soni o‘sib boraversa, u o‘z tarafdorlari hujumga uchrayotganini iddao qilsayu, uning tarafdori uysiz bolakayni do‘pposlaganini qoralamasa, “ha, mening odamlarim asabiyroq”, deyish bilan cheklansa, buni bitta so‘z bilan ta'riflash mumkin - fashizm”, - ta'kidladi Kon xonim.

U Gitler Germaniyada hokimiyat tepasiga kelganida unga aholining 36 foizi ovoz berganini eslatib o‘tdi.
Ilgariroq o‘z intervyularidan birida rejissyor Spayk Li ham Trampni Gitlerga o‘xshatgan edi.

Top