15:44 / 07.12.2015
5199

Guardian: IShID Liviya orqali o‘z ta'sir doirasini kengaytirmoqda

Yevropa siyosatchilari IShIDga qarshi kurash muvaffaqiyat keltirayotgani haqida bong urmoqda, vaholanki, guruh o‘z faoliyatini va xalqaro mavqeini Liviya yordamida kengaytirmoqda, deb yozadi The Guardian gazetasi.

Ta'kidlanishicha, oxirgi oylarda Iroq va Suriyada yirik mag‘lubiyatlarga uchragan terrorchilar, shunga qaramay, Yevropada va boshqa qit'alarda bir qator yirik teraktlarni amalga oshira oldi. Bu IShID hududlarining bombardimon qilinishi samaradorligini shubha ostiga qo‘ymoqda.

Ayrim tahlilchilarning fikricha, IShID Liviyadan qo‘shimcha front sifatida foydalanmoqda. BMT hisobotida ta'kidlanishicha, Liviyaning 3.5 ming fuqarosi guruhga a'zo bo‘lish uchun mamlakatni tark etgan. Ulardan 800 nafari mamlakatga qaytib, bu yerda IShIDning bo‘linmasini tashkil qilgan. Endilikda bu bo‘linma tarkibi o‘sib bormoqda va bugun 2 ming kishini tashkil qilmoqda.

Kolumnistning fikricha, ayni paytda, unga qarshi ochilgan urushga qaramay, guruh ilgarigidan ko‘ra erkinroq faoliyat yuritmoqda va hatto tez sur'atlar bilan kengaymoqda. Iroq va Suriyada mag‘lubiyatga uchragan taqdirda guruh Liviyani makon qurishini taxmin qilinmoqda.

Top