16:04 / 07.12.2015
6577

Marg‘ilonda bolasini 18 mln so‘mga pullamoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida istiqomat qiluvchi ayol bolasini 18 mln so‘mga sotayotganida qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Mavjuda Rajabova ismli ayol eri bilan kelisha olmay, qo‘lida bitta bolasi bilan otasining uyiga qaytib kelgan. Keyinchalik tirikchilik maqsadida u shaharga ko‘chib o‘tgan va u yerda ijaraga turib ishlay boshlagan. Ammo oradan bir muddat o‘tib, farzand unga ortiqchalik qila boshlagan.

Qo‘shni ayolning yordamida bir xaridor topib, go‘dakni 18 mln so‘mga sotishga qaror qilgan. Ishning noqonuniy ekanligini payqagan ayol tegishli tashkilotlarga xabar bergan.
Mavjuda Rajabova jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Top