16:11 / 07.12.2015
5763

Nyu-Delida Tojikistondagi zilzila ta'siri sezildi

Hindistonning shimoliy hududlarida Tojikistonda ro‘y bergan yer tebranishi ta'siri sezildi. Xususan, mamlakat poytaxti Nyu-Deli va shu nom bilan nomlangan shtatda ham zilzila ta'siri qayd etilgan. Bu haqda NDTV telekanali tvitterida ma'lum qilindi.

Shuningdek, Jammu va Kashmir shtatlari aholisi zilzilani sezishgan. Jabrlanuvchilar haqida ma'lumot yo‘q.

Bugun, 7 dekabr kuni, Tojikistonda kuchli yer silkinishi kuzatildi.

Yevropa O‘rta Yer dengizi Seysmologiya markazi xabariga ko‘ra zilzila magnitudasi 7,2 ballni tashkil etgan. Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan.

Bu zilzila, Toshkent vaqti bilan soat 12:52da O‘zbekiston viloyatlarida ham sezilgan. Turli hududlarda yer silkinishi kuchi 2 balldan 4-5 ballgacha bo‘lgan.

Qurbonlar va vayronaliklar haqida hozircha ma'lumot berilmadi.

Top