10:04 / 07.12.2015
2294

OAV: Janubi-sharqiy Osiyoning yarimidan ko‘p aviakompaniyalari zarar keltirmoqda

Janubi-sharqiy Osiyoning yarimidan ko‘p asosiy aviakompaniyalari joriy yilning to‘qqiz oyi davomida faqat zararga ishlagan. Bu haqda Straits Times gazetasi yozmoqda.

Nashrning ta'kidlashicha, eng ko‘p yuqtishni yirik aviatashuvchi hisoblanmish AirAsia boshdan o‘tkazmoqda. Uning Indoneziya bo‘limi 86 mln dollar, Filippindagi bo‘limi 43 mln dollar, Tailanddagi bo‘limi esa 11 mln dollar miqdorida zarar keltirgan.

Bundan tashqari, Tailandning yirik aviakompaniyasi Thai Airways ham 10 mln dollar miqdorida zararga kirgan. Ular qatoriga 16 mln dollar bilan Singapore Airlines va uning bo‘limi SIA Cargo ni ham qo‘shish mumkin.

Bu vaqtda esa bir qancha bo‘limlari zararga ishlayotganiga qaramay Malayziyaning AirAsia aviakompaniyasi 220 mln dollar miqdorida foyda ko‘rmoqda. Undan keyingi o‘rinda 203 mln dollar bilan Singapore Airlines bormoqda.

Top