08:25 / 07.12.2015
6542

Poroshenko Erdo‘g‘an bilan pomidorlar haqida gaplashmaganini aytdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan suhbati davomida ko‘p mavzularni muhokama qilishganini, lekin pomidor va mandarinlar eslanmaganini bildirdi. Bu haqda uning telekanalga bergan intervyusiga asoslanib, "Ukrainskaya pravda" nashri xabar tarqatgan.

"Bugun biz energetika, mashinasozlik sohalarida, ikki davlat o‘rtasidagi transport aloqalari xususida, mudofaa sohasida ma'lumolar almashish to‘g‘risida suhbatlashdik", degan Poroshenko.

Uning aytishicha, 2 soatga yaqin davomida ikki siyosatchi o‘rtasida kechgan suhbatda tilga olinmagan yagona mavzu "pomidorlar va mandarinlar mavzusi" bo‘ldi.

Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, ayni vaqtda ikki tomon oliy darajadagi uchrashuv o‘tkazishga tayyorlanmoqda.

Top