11:21 / 07.12.2015
5207

Samarqand viloyatida mingdan ortiq noqonuniy savdo nuqtalari aniqlandi

O‘zbekiston Markaziy banki Samarqand viloyat bosh boshqarmasi rahbari G‘anisher Mamatqulov matbuot anjumani chog‘ida jurnalistlarning plastik kartalar va ular bilan bog‘liq muammolar haqidagi savollariga javob berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, plastik kartalar qabul qilmaydigan savdo nuqtalari yo noqonuniy faoliyat yuritayotgan, yo kontrabanda mahsulotlarini sotayotgan bo‘ladi. Samarqand viloyati hududida jami 1 031ta mana shunday nuqta aniqlangan.

G. Mamatqulovning so‘zlariga qaraganda, har bir dehqon bozorida hech bo‘lmaganda bitta go‘sht bozori plastikka savdo qilishi shart. Bugungi kunda 9 100 muassasada jami 14 400 to‘lov terminallari o‘rnatilgan.

 

Muallif: Toshpo‘lat Rahmatullayev

Top