10:17 / 07.12.2015
3243

So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra amerikaliklarning ko‘pchiligi birinchi marta yer usti operatsiyasi o‘tkazishni yoqladi

Amerikaliklarning ko‘pchilik qismi AQSh qurolli kuchlarining Iroq va Suriyada IShID guruhiga qarshi yer usti operatsiyasi o‘tkazishini yoqlab chiqdi. Bu haqda CNN telekanali va ORC tadqiqot xizmati tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan ma'lum bo‘ldi.

Respondentlarning 53 foizi yer usti operatsiyalari o‘tkazilishiga xayrixohlik bildirdi. Ilgari so‘rovnomalarda ishtirok etganlarning yarmidan ko‘pi bunday munosabat bildirmagan edi.

Ishtirokchilarning 68 foizi AQShning IShIDga qarshi shu paytgacha o‘tkazgan tadbirlari yetarli darajada hujumkor va samarali bo‘lmaganini e'tirof etdi. Taxmin qilinishicha, San-Bernardinodagi otishmadan so‘ng odamlarning munosabati bu qadar keskin o‘zgargan.

Top