10:38 / 07.12.2015
2839

Yaponiyaning Okinava prefekturasida AQSh aviatsiyasiga lazer nuri yo‘naltirgan shaxs hibs qilindi

Yaponiyada Okinava prefekturasida istiqomat qiluvchi 56 yoshli Katsuro Xiraoka qo‘lga olindi. U amerikaliklarning aviatsiya kuchlariga zarar yetkazishga harakat qilganlikda gumonlangan. Kiodo agentligi xabariga ko‘ra, u lazer nurlari yo‘naltirish orqali shunday niyatini amalga oshirishga uringan.

Qayd etilishicha, bu shaxs 2015 yilning 1 iyulida 10 daqiqa davomida AQShning harbiy bazasi vertolyotiga lazer nurlarini yo‘naltirgan va uchishga xalaqit berishga uringan.

AQSh tomonining aytishicha, bu harakat tufayli vertolyot qulab tushish xavfi ostida qolgan. AQShning Okinavadagi bazasida 48ta samolyot va vertolyot joylashtirilgan.

Top