18:26 / 08.12.2015
7226

“Tolibon” rahbarligi uchun kurashda 50dan ortiq jangari o‘ldirildi

“Tolibon” harakati rahbarligi lavozimini egallash atrofidagi mashmasha va bahslar natijasida kamida 54 nafar jangari o‘ldirildi, yana 30 kishi yaralandi. Bu ishlar Afg‘oniston g‘arbida sodir bo‘ldi. Bu haqda Pajhwok agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, toliblar o‘rtasidagi bahslar OAVda harakat rahbari mulla Axtar Muhammad Mansurning o‘ldirilgani haqida axborot tarqalganidan so‘ng boshlangan. Shundan so‘ng guruhning ko‘zga ko‘ringan yetakchilari uning o‘rnini egallash uchun bir-biriga qarshi kurashishga kirishib ketgan.

Shunga qaramay, o‘tgan shanba tarqatilgan audioxabarda harakat rahbarining o‘zining o‘limi haqidagi gap-so‘zlarni inkor qildi.

Uning tarafdorlari esa bir-biriga qarshi otishmalarni dushanba kuni Hirotda boshlashdi, so‘ng kurash qo‘shni Shindodga ko‘chdi. Bu otishmalar oqibatida tinch aholi vakillari ham qurbon bo‘lgan.

Top