18:03 / 08.12.2015
6533

Amazon rahbari Trampni fazoga jo‘natib yuborishni taklif qildi

Amazon kompaniyasi rahbari Jyeff Bezos amerikalik siyosatchi Donald Trampni ochiq fazoga jo‘natib yuborishni taklif qildi.

Ikki yirik biznesmen o‘rtasidagi bahs Twitter mikroblogida sodir bo‘ldi. Tramp Bezosni mutlaqo foyda keltirmaydigan kompaniyani boshqarayotganlikda aybladi. Aslida esa Amazon dunyodagi eng yirik va serdaromad kompaniyalardan biri hisoblanadi.

“Agar Amazon biror marta halol soliq to‘laganida edi, uning aksiyalari allaqachon tushib ketgan bo‘lardi, kompaniya esa qog‘oz paketdan yirtilib ketardi”, - ta'kidladi AQSh prezidentligiga nomzod.

Bunga javoban Jyeff Bezos Tramp uchun o‘ziga tegishli aerokosmik kompaniyaning Blue Origin raketasidan joy ajratib qo‘yishni va'da qildi va #sendDonaldtospace (#Donaldni kosmoga yuborish) xeshtegini boshlab berdi.

Top