17:33 / 08.12.2015
1896

Apreldan Air France Parij-Tehron reysini tiklaydi

Keyingi yil aprelidan Air France kompaniyasi samolyotlari yana Parijdan Tehronga ucha boshlaydi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Kompaniya bayonotida qayd qilinishicha, ushbu qaror Eron vositachilar oltiligi bilan yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvga erishishi munosabati bilan qabul qilingan.
Parvozlar 2008 yili “iqtisodiy sabablarga ko‘ra” to‘xtatilgan edi.

Top