17:56 / 08.12.2015
4929

Britaniyalik oila Yangi yil archasini mushukdan himoya qilish uchun uni shiftga o‘rnatdi

Britaniyada istiqomat qiluvchi bir oila Yangi yil archasini To‘fon laqabli mushukdan himoya qilish uchun uni shiftga o‘rnatishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail nashri yozmoqda.

25 yoshli Natasha Smit va 37 yoshli Ueyn Rudi mushuk bilan birinchi marta Yangi yilni kutishi. Gazetaning ta'kidlashicha, archani uy jonivoridan qutqarish uchun tortishi qonuniga mos kelmaydigan tashabbusni amalga oshirishga to‘g‘ri kelgan. Teskari qilingan archani o‘rnatishga ular bir kun sarflashdi. Shiftga, archa ostiga ular ikki bolasiga atalgan sovg‘alarni joylashtirishdi, yerga esa go‘yoki daraxtni ushlab turgan Supermen haykalchasi o‘rnatildi.

“Mushuklar qanday tartibsizlik uyushtirishi mumkinligini hamma biladi”, - tushuntirdi Smit xonim.

Top