01:19 / 08.12.2015
2722

Futzal: O‘zbekiston Qatarga qarshi nazorat uchrashuvida 4:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Doha shahrida Qatar terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

7 dekabr kuni terma jamoaning Osiyo chempionatiga tayyorgarlik yig‘ini doirasida o‘tkazilgan bu uchrashuvda o‘zbekistonliklar 4:5 hisobida mag‘lubiyatga uchrashgan.

Terma jamoa 10 dekabr kuni yana bitta nazorat uchrashuvi o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi kelasi yili Toshkentda bo‘ladigan Osiyo chempionatining saralash guruh bosqichida Saudiya Arabistoni, Livan va Qirg‘izistonga qarshi maydonga tushadi.

Top