11:57 / 08.12.2015
4343

Islom Karimov Kaspiy dengizidagi halokat munosabati bilan Ozarbayjon prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Kaspiy dengizidagi neft qazib olish platformasida sodir bo‘lgan yong‘inda odamlarning hayotdan ko‘z yumgani munosabati bilan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

“Hurmatli Ilhom Haydarovich, Kaspiy dengizidagi neft qazib olish platformasida sodir bo‘lgan yong‘inda odamlarning hayotdan ko‘z yumgani munosabati bilan hamdardligimni qabul qiling. Halok bo‘lganlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik va ko‘mak so‘zlarini yetkazishingizni so‘rayman”, - deyiladi ta'ziyanomada.

Eslatib o‘tamiz, 4 dekabr kuni kechqurun kuchli bo‘ron natijasida Kaspiy dengizida Ozarbayjonning «Gyuneshli» neft konidagi 10-sonli platformada yong‘in kelib chiqqan edi. Qutqaruv operatsiyasi jarayonida 33 kishining hayoti saqlab qolindi. 23 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. «Day.az» ma'lumotiga ko‘ra, hozirgacha yetti kishining jasadi topilgan.

Top