23:49 / 08.12.2015
7540

Manba: Rossiya Suriyaga “Varyag” raketa kreyserini yubormoqchi

Ayni paytda Hindistonda “Indra 2015” Rossiya-Hindiston harbiy-dengiz o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgan “Varyag” gvardiya raketa kreyseri Suriyaga jo‘naydi, deb xabar bermoqda mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan Rossiya delegatsiyasidagi manbaga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.

“Varyag” kreyseri Hindistondan Suriyaga jo‘naydi va u yerda “Moskva” raketa kreyserining o‘rnini egallaydi”, deb aytdi manba.

Manbaning aytishicha, kema u yerda 2016 yil sentabrigacha navbatchilik qiladi.

Top