16:10 / 08.12.2015
10271

OAV: Rossiyaning qanotli raketalarga ega submarinasi Suriya qirg‘oqlariga yaqinlashmoqda

Rossiyaning “Rostov-na-Donu” suv osti kemasi O‘rta Yer dengizining sharqiy qismida bo‘lib, u Suriya qirg‘oqlariga yaqinlashmoqda. Bu haqda Interfaks agentligi o‘z manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.

“Submarina arsenalida “Kalibr-PL” qanotli raketalari bo‘lib, ularning muqobillari Kaspiy flotiliyasi kemalari tomonidan IShID terrorchi guruhi nishonlari tomon yo‘llangan edi”, - xabar berdi manba.
Submarina haqida hozircha rasmiy ma'lumot yo‘q.

Top