12:43 / 08.12.2015
4119

Qirg‘izistonning chegara zonasida noqonuniy fotos'yomka olib borgan Yaponiya fuqarosi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonning O‘sh viloyati chegara zonasida harbiy xizmatchilar tomonidan noqonuniy fotos'yomka olib borgan Yaponiya fuqarosi qo‘lga olindi.

Chegara xizmati matbuot bo‘limining ma'lum qilishicha, u chegarani noqonuniy kesib o‘tishda ham ayblanmoqda. 1981 yili tug‘ilgan shaxs Cho‘n-Oloy tumani Qoratayit qishlog‘i hududida qo‘lga olingan bo‘lib, u Qozog‘istondan turistik maqsadlarda Qirg‘izistonga kelganini ma'lum qilmoqda.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, u milliy xavfsizlik qo‘mitasi hududiy bo‘linmasi ixtiyoriga topshirildi.

Top