18:48 / 08.12.2015
3194

Turkiya qirg‘og‘ida muhojirlar qayig‘i ichidagi 6 bola bilan suvga g‘arq bo‘ldi

Turkiya orqali Gretsiyaning Xios oroliga boshqa qochqinlar qatori o‘tmoqchi bo‘lgan 6 nafar afg‘onistonlik bolalar mamlakat g‘arbidagi Cheshme shahri qirg‘oqlarida suvga g‘arq bo‘lishdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Qayiq to‘fonli ob-havo sababidan ag‘darilib ketgan. Halok bo‘lganlardan biri hali ko‘krakdan chiqmagan go‘dak bo‘lgani aytilmoqda. Turkiya qirg‘oq qorovuli qismlari 5 kishini qutqarib olgan, yana 2 kishi dom-daraksiz ketgan deb hisoblanmoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, 2015 yilning 10 oyi mobaynida Yevropaga 1.2 mln muhojir kelgan. Yevrokomissiya bu Ikkinchi jahon urushidan buyon kuzatilayotgan eng yirik migratsion inqiroz ekanligini e'tirof etmoqda.

Top