09:48 / 09.12.2015
6768

“Tolibon” jangarilari Afg‘onistondagi aeroportga hujum qildi

Afg‘onistondagi “Tolibon” ekstremist harakati jangarilari Qandahor shahridagi aeroportga hujum qildi. Bu haqda mahalliy hukumat ma'lumotiga asoslanib, Reuters xabar bermoqda.

“Bir qancha jangarilar maktabga joylashib olib, aeroportga qarab o‘t ochishni boshlagan”, — dedi mahalliy hokimiyat vakili Samim Xapalvak.
Uning ta'kidlashicha, politsiya ham jangarilarga qarshi o‘t ochgan. Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida yetarli ma'lumotlar yo‘q.

Top