22:12 / 09.12.2015
4616

Tsukerberg yangi tug‘ilgan qizining ilk suratlarini e'lon qildi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg yangi tug‘ilgan qizalog‘i Maksning suratlarini e'lon qildi. U qizi bilan tushgan suratlarni ijtimoiy tarmoqqa 8 dekabrda joylashtirgan.

U surat ostida “Kichkintoy Maks bilan quvonch to‘la”, deb izoh qoldirgan.

Ushbu surat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining uch millionta “layk”iga sazavor bo‘lgan.

Ma'lumot uchun, 2 dekabrda Tsukerbergning rafiqasi Pristsilla Chan qiz farzandni dunyoga keltirgan edi.

Top