15:27 / 09.12.2015
6645

Donald Tramp internetni taqiqlashni taklif qildi

AQSh prezidentligiga respublikachilardan nomzod bo‘lgan milliarder Donald Tramp IShID propagandasini taqiqlashning yagona yo‘li borligini aytdi. Uning so‘zlarini NBC News telekanali keltirmoqda.

“Biz internet tufayli ko‘p odamlarni yo‘qotmoqdamiz. Biz Bill Geyts hamda nima bo‘layotganini tushunadigan boshqa odamlar bilan uchrashishimiz lozim”, - ta'kidladi Tramp. Uning ishontirishicha, bunday uchrashuv tashkillashtirilgan taqdirda ko‘plab masalalar qatorida internetni yopib qo‘yish ham muhokama qilinadi.

IShID yangi a'zolarni asosan internetdan topishi, ijtimoiy tarmoqlardan aloqa vositasi sifatida foydalanishi yaxshi ma'lum. Shu bois siyosatchi internet orqali olib borilayotgan targ‘ibot yuzasidan jiddiy xavotirlar bildirgan.

Top