15:16 / 09.12.2015
2429

Esprit brendi asoschisi Chilida qayiqda suzish vaqtida halok bo‘ldi

The North Face va Esprit kiyim-kechak markalari asoschilaridan biri, amerikalik biznesmen va atrof-muhit himoyachisi Duglas Tompkins 72 yoshida Chili hududidagi ko‘lda kayak (usti berk teri qayiq)da suzish chog‘ida halok bo‘lgan.

"Biznesmen bilan birga yana besh nafar sayyohdan iborat guruh mingan kayak Argentina va Chili chegarasidagi ko‘l hududida suzib ketayotgandi. Havo yomonlashishi natijasida kayak ag‘darilib ketdi va yo‘lovchilar muzli suvga tushib ketishdi. Qutqaruvchilar yo‘lovchilarning tanalarini olib chiqishgan", deyiladi Reyter xabarida.

Tompkins Chilidagi Koyayake shahridagi shifoxonaga yetkazishgan, biroq uzoq vaqt muzlab qolgani tufayli, uning hayotini qutqarib qolishning iloji bo‘lmagan.

Shifokorlarning aytishicha, u kasalxonaga keltirilganida, tana harorati 19 darajada bo‘lgan. Unga hamrohlik qilganlarning barchasi tirik qolgan.

Ma'lumot uchun, Duglas Tompkins 1964 yilda The North Face sport kiyim-kechaklari brendiga asos solgandi. 1968 yilda esa u Esprit kundalik kiyim-kechaklar markasini yaratgan.

U shuningdek, atrof-muhit himoyachisi sifatida ham ma'lum edi. Tompkins to‘g‘onlar qurilishiga norozi bo‘lib chiqqan, Patagoniyadan yer sotib olib tabiat parki tashkil qilgandi.

Top