10:06 / 09.12.2015
6525

Oq uy Trampning fikridan so‘ng, uni saylovlarda qatnashmasligi zarurligini aytdi

Oq uy vakili Josh Ernest AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning musulmonlarni AQShga kiritmaslik lozimligi haqidagi fikri, uni saylovlarda ishtirok etish huquqidan mahrum qiladi, deb aytib o‘tdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ernestning aytishicha, Trampning izohi haqoratomuz va zaharli bo‘lgan.
Uning ta'kidlashicha, agar saylovlarda Respublikachilar o‘z partiyasidan biror-bir nomzodning g‘alaba qozonishini istasa, hoziroq Trampni partiya safidan o‘chirishlari lozim bo‘ladi.

Top