15:36 / 09.12.2015
2427

Pol Skoulz: Hozirgi "MYu" o‘rtamiyona jamoaga aylanib bo‘ldi

"Manchester Yunayted" klubining sobiq futbolchisi Pol Skoulz jamoaning ayni vaqtdagi holati haqida yana bir bor o‘z noroziliklarini bildirib o‘tdi.

"MYu" o‘yinida aniqlik, shiddat va sifat yo‘qolgan. Hozirgi «Yunayted» – o‘rtamiyona jamoa. O‘rtamiyona jamoa esa o‘rtamiyona natijalar qayd etadi.

Aytish kerakki, klub befoyda transferlar uchun ko‘p pul sarfladi. Axir 20 yoshli yigitchaga hamma mas'uliyatni yuklab qo‘yish to‘g‘ri ish emas", - deydi Skoulz jamoa bosh murabbiyi van Gaalni yana bir bor tanqid ostiga olib.

Top