07:43 / 09.12.2015
5717

Putin: Su-24 “qora qutisi” unga “xiyonatkorona” zarba qayerdan berilganiga aniqlik kiritishga yordam beradi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyada urib tushirilgan Su-24 harbiy samolyotining ko‘rsatkichlarni yozib oluvchi “qora qutisi” samolyotning harakatlanish trayektoriyasi, unga zarba berilishi paytida u qayerda bo‘lgani, unga qayerda “xiyonatkorona zarba” berilganini aniqlashga yordam beradi, deb aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi. Putin bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.     

“Tushunishimcha, ko‘rsatkichlarni yozib oluvchi quti bizga Su-24ning havoga ko‘tarilishidan qulashigacha bo‘lgan butun harakatlanish tarektoriyasini: tezlik, balandlik, harakat paytidagi barcha burilishlarni aniq tushunishga imkon beradi”, deb aytdi Putin.

Avvalroq Putin Su-24 “qora qutisini” rasshifrovka qilishda unda ishtirok etishni istalganlarni taklif qilish kerakligini aytgandi.

Top