11:29 / 09.12.2015
2949

Qozog‘iston investitsiyalar jalb qilishning 6 yo‘nalishini taklif qilmoqda

Qozog‘iston investitsiyalar jalb qilishning 6 ustuvor yo‘nalishini belgilab oldi. Bular haqida respublika bosh vaziri Karim Masimovning sayti orqali xabar qilindi.

8 dekabr kuni investitsiya va taraqqiyot vaziri Aset Isekeshov hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida qilgan chiqishida ustuvor ahamiyat qayta ishlovchi sanoatga qaratilishini ta'kidlab o‘tdi.
Undan keyingi o‘rinda, produktiv sohalar turibdi: vazirning so‘zlariga qaraganda, injiniring, shaxsiy xizmatlar, transport-logistika sohasi, geologik razvedka, sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimlari.

Uchinchi o‘ringa agrosanoat kompleksi va tegishli infrastrukturani rivojlantirish qo‘yildi.
Beshinchi o‘ringa davlat va xususiy sektorlar sherikchiligi, oltinchi o‘ringa iqtisodiyotning axborot texnologiyalari singari yuqori samarador sektorlari qo‘yilgan.

Top