08:19 / 09.12.2015
4458

Reyxstag shturmining eng oxirgi ishtirokchisi 93 yoshida vafot etdi

Sankt-Peterburgda 1945 yil bahorida Reyxstag shturmida ishtirok etganlardan eng oxirgi urush faxriysi Nikolay Belyayev 93 yoshida vafot etdi. Bu haqda Belyayev bilan oxirgi yillar ko‘p muloqotda bo‘lgan Valentina Ilinaga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi ma'lum qildi.

“Nikolay Mixaylovich 93 yoshda edi, u umrining oxirigacha faol turmush tarzini olib bordi, tarixiy-vatanparvarlik ishini to‘xtatmadi”, deb aytdi Ilina.

Shuningdek, Valentina Ilina “Pust budet voyennaya pamyat stroga. K istorii znameni Pobedy” (“Harbiy xotira doimo qat'iy bo‘lsin. G‘alaba tarixiga”) deb nomlangan kitob tayyorladi. Kitobning katta qismi Belyayevga bag‘ishlangan.

Qayd etilishicha, Ikkinchi jahon urushi vaqtida Belyayev 756-polk komsorgi bo‘lgan. Aynan shu polk askarlari birinchi bo‘lib Reyxstagga kirib borishgan.

G‘alabadan keyin Belyayev Tinch okeani flotida xizmat qilgan va 40 yilga yaqin “Krasnoye znamya” fabrikasida mehnat qilgan.

Top