07:31 / 09.12.2015
3420

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Iroqda turk harbiylarining mavjudligini nomaqbul deb hisoblamoqda

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Iroqda turk harbiylarining mavjudligini nomaqbul deb hisoblamoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Vazirlik bergan sharhda “turk harbiylarining Mosul shahri yaqinida noqonuniy joylashuvi” tanglikka olib keluvchi jiddiy omil deb ta'kidlanmoqda.

Ta'kidlanishicha, turk harbiylari bu yerga tegishli murojaatsiz va Iroq hukumatining roziligisiz kelgan.

Avvalroq Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu o‘zining iroqlik hamkasbini Anqara Iroqqa turk harbiylarini yuborishni to‘xtatganidan xabardor qilgan edi.

Turkiya bosh vaziri Axmet Dovuto‘g‘lu Iroqda turk harbiylarining joylashtirilishi borasidagi vaziyatni muhokama qilgani Bag‘dodga tashrif buyurmoqchi.

Top