10:56 / 09.12.2015
7478

Rossiya Turkiyaga Suriya bilan chegaralarini yopishga yordam berishga tayyor ekanligini ma'lum qildi

Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko Turkiya-Suriya chegarasini yopish zarurligini, Rossiya bu ishni amalga oshirishda Turkiyaga yordam berishga tayyor ekanligini ma'lum qildi. U bu haqda “Russkoy slujby novostey” efir vaqtida aytib o‘tgan.

“Turkiya-Suriya chegarasini darhol yopish kerak.Chunki aynan shu chegara orqali jangarilar turli davlatlarga o‘tib kelishmoqda. Yoki aksincha Suriyaga o‘tib ketishmoqda. So‘ngra davolanish yoki sayohatni bahona qilib ortlariga qaytishmoqda”, — dedi u.
Matviyenkoning tasdiqlashicha, Turkiyaning o‘zi bu vazifani uddalay olmaydi va bu borada Rossiya unga yordam berishga tayyor.

Top