10:06 / 09.12.2015
12649

Tayson Fyuridan IBF kamari olib qo‘yildi

Noyabr oyi oxirida Vladimir Klichkoni mag‘lub etib superog‘ir vazn toifasida jahon chempioniga aylangan britaniyalik Tayson Fyuridan Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) chempionlik kamarini olib qo‘ydi.

Manbaning ma'lum qilishicha, Fyuri o‘ziga tegishli bo‘lgan ushbu chempionlik kamarini majburiy da'vogar ukrainalik Vyacheslav Glazkovdan himoya qilishni istamagani uchun jazolangan.

U Glazkovning o‘rniga Klichko bilan yana urushishni istagandi. Ayni vaqtda bokchining vakillari bu qaror yuzasidan apellyatsiya berishga tayyorlanmoqda.

Endi IBF chempionlik kamari uchun jang Vyacheslav Glazkov hamda reytingda to‘rtinchi o‘rinni egallab turgan va mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan amerikalik pancher Charlz Martin o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

11 dekabr kuni IBF tashkilotining AQShning Nyu-Jyersi shtati Springfild shahrida joylashgan shtab-kvartirasida promouterlar o‘rtasida ushbu chempionlik jangiga egalik qilish uchun erkin savdo o‘tkaziladi.

Top