09:59 / 09.12.2015
17080

Tojikistonlik qochqin polkovnik Halimov nogiron bo‘lib qolgani uchun endi IShIDga kerak emas

Tojikiston qurolli kuchlarining maxsus qismlarida qo‘mondonlik qilib, keyin Suriyaga qochib ketgani bilan dong taratgan polkovnik Gulmurod Halimov iyul oyidagi to‘qnashuvlardan birida jiddiy jarohat olgan va endilikda IShID rahbariyatiga kerak bo‘lmay qolgan.

Bu haqda guruh tarkibidan qochib, militsiyaga taslim bo‘lgan tojikistonlik bir jangari ma'lumot bergan. Uning so‘zlarini Central Asia Online nashri keltirmoqda.
Jangari bergan axborotga ko‘ra, may oyida Tojikistondan qochib ketgan Halimov u bilan bitta xonadonda turgan. Oyog‘i va boshidan jarohat olgan sobiq harbiy janglarda ishtirok etolmaydigan ahvolga kelib qolgan.

Bundan tashqari, u Tojikistonni eslaydigan bo‘lib qolgan.
“Halimov o‘z yurtini sog‘ingani ko‘rinib turardi”, - hikoya qiladi jangari.
Jangari ko‘rsatmalar berayotgani va tergov ishlari tugamani bois uning ismi oshkor qilinmayapti.

Top