21:21 / 10.12.2015
5759

Andijon shahrida yangi ko‘prik foydalanishga topshirildi

Andijon shahrida yangi ko‘prik foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar qildi.

– Investitsiya dasturiga kiritilgan mazkur obektda bunyodkorlarimiz tomonidan 25 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi, – deydi “Ziyo kapital qurilish” mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Murodjon Yusupov. – Eni 25 metr, uzunligi 421 metr bo‘lgan ko‘prikning bir qismi yangidan barpo etildi, ikkinchi qismi esa kapital ta'mirlandi. Loyiha doirasida qariyb 1300 metr uzunlikdagi trassaning 48 ming kvadrat metr maydoniga asfalt-beton qorishmasi yotqizildi.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqdi

Top