08:05 / 10.12.2015
5148

AQSh senatori: AQShda IShIDga qarshi kurash bo‘yicha aniq va samarali strategiya bo‘lmagan va mavjud ham emas

AQShda Suriya va Iroqda IShIDga qarshi kurash bo‘yicha aniq va samarali strategiya bo‘lmagan va mavjud ham emas, deb ishonch bilan aytdi AQSh kongressining senat huquqiy qo‘mitasi raisi, Ayova shtatidan respublikachi Chak Grassli.  

Grassli FQB direktori Jyeyms Komi ishtirokidagi yig‘ilishdagi o‘z kirish nutqini “IShID o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketishiga umid qilish – bu strategiya emas” deb boshladi.

“Amerika xalqi nafaqat terrorchilik borasida, balki bizning prezidentimizning mamlakatni birlashtirish,  xorijiy hamkorlar yetakchisi bo‘la olish, IShIDni yakson qilish bo‘yicha ishonch uyg‘otuvchi strategiyani ishlab chiqish va uni amalga oshirishga qodir emasligi va tayyor emasligi borasida ham xavotirda. Va endi biz shu sustkashlik uchun haq to‘lamoqdamiz”, deb aytdi Grassli.

“Bizning prezident IShID o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketadi, deb umid qilmoqda. Biroq umid qilish – bu strategiya emas. Umid – bu reja emas, harakat emas”, deb qo‘shimcha qildi Grassli.

Top