12:27 / 10.12.2015
2748

BMTda Yevropa mamlakatlari migratsiya inqiroziga qarshi yomon kurash olib borayotgani uchun tanqid qilindi

BMTning Qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Antonio Guterresh Yevropa mamlakatlarini migratsiya inqiroziga qarshi yetarli darajada chora ko‘rmayotgani uchun tanqid qildi, deya xabar bermoqda Yle.

Guterresh YeI mamlakatlarini kim haqiqatdan ham boshpanaga muhtoe ekanini aniqlab olishga imkon tug‘dirish uchun bir qator registratsiya markazlarini ochishga chaqirdi.
U qochqinlar uchun yirik lagerlar joylashtirilgan mamlakatlarga ko‘mak ko‘rsatishga ham da'vat qildi.

Bundan avvalroq echa Finlyandiya Ichki ishlar vaziri Petteri Orpo qochqinlar qabul qiladigan uchta markazni yopish to‘g‘risida ma'lum qilgan edi. Markazlar 2015 yil oxiri va 2016 yil avvalida yopiladi.

Top