07:30 / 10.12.2015
4522

YeChL, Ye guruhi: "Barselona" va "Roma" "Bayyer"ni guruhda tashlab ketishdi

9 dekabr oqshomida YeChLning guruh bosqichi yakunlandi. Ye guruhida birinchi o‘rinni oldindan naq qilgan "Barselona" "Bayyer" maydoniga safar qildi va durang o‘ynadi. Dastlab, o‘yinning 20-daqiqasida Messi hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tgach, Chicharito muvozanatni tikladi.

Bu durangdan keyin "Bayyer" hisobidagi ochkolar soni 6taga yetdi, lekin bu yetarli bo‘lmadi. "Roma" bilan bir xil ochko jamg‘arga jamoa to‘plar nisbatidagi farq tufayli uchinchi o‘rinda qoldi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida "Roma" Belarusning BATE jamoasi darvozasiga gol ura olmasada (0:0) turnirni tark etmaydigan bo‘ldi.

Yevropa chempionlar ligasi, 6-tur
"Ye" Guruhi

Bayyer Germaniya – Barselona Ispaniya 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 20 Messi, 1:1 – 23 Ernandes.
Bayyer – Leno, Ta, Vendell, Xilbert, Toprak, Belarabi, Kramer (Papadopulos, 90), Kampl, Chalxanoglu (Brandt, 79), Mexmedi (Kissling, 70), Ernandes.
Barselona – ter Stegen, Bartra, Alba (Kamara, 74), Adriano, Vermalen, Rakitich, Serdji Samper, Kaptum (Gumbau, 62), Munir, Messi, Sandro Ramires.
Ogohlantirishlar: Kampl (29), Bartra (51), Gumbau (85), Rakitich (86).

Roma Italiya – BATE Belarus 0:0 (0:0, 0:0)
Roma – Shchensni, Manolas, Ryudiger, Din, Florentsi, Pyanich, Nainggolan, Yago Falke (Uchan, 83), de Rossi, Iturbe (Salax, 59), Djyeko.
BATE – Chernik, Mladenovich, Milunovich, Polyakov (Dubra, 56), Javnerchik, Gleb, Nikolich (Karnitskiy, 80), Stasevich, Yablonskiy, Gordeychuk, Mozolevskiy (Volodko, 60).

Top