08:06 / 10.12.2015
2993

YeChL, N guruhi: "Gent" "Valensiya" va "Lion" jamoalarini guruhda qoldirib, pley-offga chiqdi

9 dekabr kuni YeChLning guruh bosqichidagi eng sensatsion natija qayd etildi. Belgiyaning "Gent" jamoasi "Zenit"ni o‘z maydonida qabul qildi va g‘alaba qozonib, guruhda ikkinchi o‘ringa ega chiqdi.

Bu o‘yindan oldin "Zenit" guruhda birinchi o‘rinni naqd qilgan, ikkinchi o‘rinni egallash uchun 7 ochkoli "Gent" va 6 ochkoli "Valensiya" jamoalarida imkoniyat mavjud edi. Ispaniyaliklar Belgiyada ruslarning ochko ishlashiga umid qilgan holda o‘z maydonlarida fransuzlarni ("Lion") mag‘lub etishi talab qilinar edi. Ammo bu ikkala shart ham bajarilmadi va Gari Nevillning bu jamoadagi debyuti omadsiz o‘tdi.

Endi Valensiya Yevropa ligasida o‘ynaydi.

Gent Belgiya – Zenit Rossiya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 18 Depuatr, 1:1 – 65 Dzyuba, 2:1 – 78 Milichevich.
Gent – Zels, Skapini, Nilsen, Mitrovich, Foke, Milichevich (Deyagere, 82), Kums, Saymon (Sayyef, 88), Renato Neto, Asare, Depuatr (Kulibali, 90).
Zenit – Lodigin, Netu, Lomberts, Krishito, Garay, Danni, Ryazantsev (Dolgov, 61), Yusupov, Garsiya (Troyanov, 86), Anyukov (Bogayev, 83), Dzyuba.
Ogohlantirishlar: Garay (44), Garsiya (75), Yusupov (76), Milichevich (79), Lodygin (79), Lomberts (89), Mitrovich (90), Danni (90).

Valensiya Ispaniya – Lion Fransiya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 37 Korne, 0:2 – 76 Lakasett.
Valensiya – Domenek, Mustafi, Gayya, Joau Kanselu, Abdennur, Peres (Xavi Fuego, 24), Parexo, Danilo (Negredo, 52), de Paul (Pyatti, 75), Santi Mina, Pako Alkaser.
Lion – Antoni Lopesh, Yanga-Mbiva, Bedimo, Rafael, Morel, Tolisso, Gonalon, Grene (Gezzal, 70), Darder (Kone, 77), Korne, Lakasett (Bovyu, 77).
Ogohlantirishlar: Abdennur (25), Mustafi (39), Santi Mina (45), Tolisso (68).

Top