16:47 / 10.12.2015
5421

FT: Vashington yapon mafiyasiga qarshi kurashda g‘alaba qilish arafasida

Yaponiya mafiyalariga qarshi kurash doirasida AQSh moliya vazirligi 9 dekabr kuni «Yamaguti-gumi» jinoiy sindikati rahbari Tadamasa Gotoning bankdagi hisob raqamini muzlatib qo‘ydi, deya yozmoqda Financial Times gazetasi.

«Tadamasa Goto butun dunyo bo‘ylab jinoiy tashkilotlar ichida muhim odam bo‘lib kelgan. Bugungi qaror AQShning transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashishimizni anglatadi», — deya gapirib o‘tgan xorijiy aktivlar nazorati bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Jon Smit.

O‘n besh yil muqaddam Yaponiyaning bo‘lajak jinoyatchi tashkilotlari yetakchisi AQSh huquq-tartibot idoralari diqqatiga tushgan. Uning mamlakatga kirishi taqiqlangan bo‘lishiga qaramay, 2001 yilda Goto jigarni ko‘chirib o‘tish operatsiyasi uchun Kaliforniyaga kirishga uringan. Ba'zi manbalarga ko‘ra, u bu ishni uddalagan.

Hozirda Goto Kambodjada istiqomat qilib kelmoqda. Uning «Yamaguti-gumi» jinoiy guruhiga hozirda ham aloqador ekani haqida ma'lumotlar bor.

Top