16:08 / 10.12.2015
2939

Google Nexus 6 smartfoni sotuvini to‘xtatdi

Nexus 5X va Nexus 6P smartfonlarini taqdim etgan Google kompaniyasi Nexus 6 modelini sotuvdan chiqardi.

Smartfon kompaniyaning rasmiy do‘konlarida sotuvdan olib tashlangan bo‘lsa-da, uni boshqa chakana do‘konlardan sotib olish mumkin. Misol uchun, Amazon ushbu smartfonni 350 dollar narxda sotmoqda.

Ma'lumot uchun, Motorola kompaniyasi yaratgan Nexus 6 o‘zining 6 dyuymli ekrani va Snapdragon 805 protsessori bilan ajralib turadi. 

Top