O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 10 dekabr kuni Oqsaroyda 5ta davlatning Toshkentga tayinlangan yangi elchilarini qabul qildi. O‘zbekiston prezidenti bu mamlakatlarning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan diplomatlaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi - Solih Ahmad al-Javarneh
Shveytsariya Konfederatsiyasi - Shtefan Klyotsli
Eron Islom Respublikasi - Bahman Og‘araziy Do‘rmoniy
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi - Kristofer Allan
Kuvayt - Ahmad Xolid Abdulla al-Jiyron
UzA xabarida aytilishicha, Islom Karimov mamlakatimizdagi diplomatik vakolatxonalarning yangi tayinlangan rahbarlarini samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston ushbu davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarni izchil rivojlantirishga alohida ahamiyat berishini ta'kidladi va ularning mas'uliyatli faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.