18:43 / 10.12.2015
2778

Levandovskining "Bavariya" bilan shartnomasida ustama puliga oid band yo‘qligi ma'lum bo‘ldi

AS nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Levandovskining "Bavariya" bilan shartnomasida ustama puliga oid band yo‘q.

"Real" "Bavariya"dan polshalik hujumchi Robert Levandovskini xarid qilishi qiyin bo‘ladi.

O‘z vaqtida "Bavariya" Robertni Dortmundning "Borussiya"sidan erkin agent sifatida Myunxen klubiga o‘tishi uchun futbolchiga 25 mln yevro to‘lagan. Levandovskining agenti shartnomaga ustama puli haqidagi bandni kiritmoqchi bo‘lgan, ammo "Bavariya" bunga rozilik bermagan.

Uning germaniyaliklar bilan shartnomasi 2019 yilga qadar tuzilgan.

Ushbu futbolchiga yozda "Manchester Yunayted"dan jiddiy qiziqish bo‘ldi. Keyinroq esa OAVda "Real" uni Karim Benzemaning o‘rniga Madridga olib kelmoqchiligi ma'lum qilindi.

Oxirgi vaqtlarda esa Florentino Peres ushbu futbolchini Krishtianu Ronalduning o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda.

Joriy mavsumda Levandovski "Bavariya" tarkibida bundesliganing 14 o‘yinida 14ta gol urgan. Shuningdek, u jamoa bilan YeChL bahslaridagi 6ta o‘yinda ishtirok etib, 7ta golga mualliflik qilgan. Qolaversa, Germaniya kubogi doirasidagi o‘yinni ham golsiz tark etmagan.

Top