15:56 / 10.12.2015
2675

Muftiy: Hozircha Qirg‘izistonda yangi masjidlar qurilmaydi

Qirg‘izistonda yaqin yillar ichida yangi masjidlar qurilishi rejalashtirilmagan.

"Agar badavlat homiylar yangi masjidlar qurdirmoqchi bo‘lishsa, ularga o‘z xayriya yordamlarini qurilishi bitmay yotgan masjidlar uchun yo‘naltirishni taklif qilamiz", deydi jurnalistlarga muftiy Maqsatbek hoji To‘xtamishev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, respublika hududida ayni vaqtda 2 662ta masjid mavjud.

"Qaydnomaga kiritilmagan masjidlar soni 883ta, yana 563ta masjid qaydnomadan o‘tishi kutilmoqda", deydi muftiy.

Qaydnomadan o‘tkazilmagan masjidlarda hujjatlar to‘g‘ri emasligi holatlari uchragan.

Muftiyning qayd etishicha, bundan keyin har bir masjid imomi har oyda o‘z hududidagi aholining diniy kayfiyati haqida hisobot beradi.

Top