22:12 / 10.12.2015
4406

"MYu" rahbariyati van Gaalning ishda qolishi shartini aytdi

Gollandiyalik mutaxassis Lui van Gaal Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi boshqaruvidan haydalishi mumkin, agar jamoa mavsum yakunida APLning kuchli uchligidan o‘rin ola bilmasa.

Daily Express nashrining yozishicha, jamoa rahbariyati murabbiyning jamoa bilan YeChLda ko‘rsatgan natijasidan, ya'ni turnirni guruh bosqichidayoq tark etishidan juda norozi bo‘lishgan.

Ushbu murabbiy bilan amaldagi shartnoma 2017 yilgacha tuzilgan, ammo bu kelishuv shu mavsum oxiridayoq buzilishi mumkin. Chunki, jamoa ayni vaqtda turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsada, jamoa ko‘rsatayotgan o‘yin muxlislarga ham, rahbariyatga ham ma'qul kelmayapti. Jamoa APLning oxirgi 6ta o‘yinida atigi 3ta gol urdi. Bu o‘yinlarning 4tasida 0:0 hisoblari qayd etilgan.

Top