21:41 / 10.12.2015
5135

OAV: Ar Riyodda o‘tayotgan kelishuvlarni Suriya muxolifatining katta bir guruhi tark etdi

Ar Riyodda o‘tayotgan Umumsuriya anjumanini Suriyaning “Ahror ash Shosh” muxolifat guruhi tark etdi. Bu haqda Press TV telekanali xabar qilgan.

Guruhning noroziligi sababi shunda ediki, anjumandagi “asosiy rolda” Suriyada Bashar Asad tomonidan nazorat qilinayotgan hududdagi ichki muxolifat vakillari chiqqan. “Ahror ash Shosh”ning e'tirof etishicha esa, “inqilobchilar” bunday anjumanlarda ishtirok etmasliklari kerak.

Saudiya Arabistoni poytaxtida o‘tayotgan anjumanni yana bir muxolif harakat “Kamax” vakillari ham tark etgan. Uning yetakchisi Xaysam Mananing fikricha, “Inson huquqlariga amal qilinmaydigan Saudiya Arabistonida bunday anjuman o‘tkazilishiga “Kamax”ning 380 nafar faoli bir ovozda qarshi chiqqan”.

Top