17:28 / 10.12.2015
6108

Fokus orangutan kulgusiga sabab bo‘ldi (video)

Barselonada joylashgan hayvonot bog‘ida ko‘rsatilgan fokus orangutan bolasining kulgusiga sabab bo‘ldi. Oddiygina nayrangga primatning reaksiyasi tasvirlangan videorolik 7 dekabr kuni YouTube saytiga joylashtirildi. Shu vaqtga qadar rolik qariyb 2,2 million marotaba tomosha qilindi.

Klipdan ko‘rish mumkinki, orangutanga oddiygina fokus ko‘rsatilgan. Dastlab nayrang ijrochisi bo‘sh plastik stakanni namoyish qilib, uning ichiga taxminan kashtanni soladi. Shundan so‘ng idishni chayqab, “sehrli” harakatlarni amalga oshiradi. Natijada uning ichidagi buyum “yo‘qolib qoladi”.

Orangutan barchasini diqqat bilan kuzatadi. Bo‘sh stakanni ko‘rganidan so‘ng uning kulib, yerga dumalaydi.

Top